19:13 / 22.10.2015
3267

Grem Poll: Mourino xotiralarda g‘olib sifatida emas, janjalkash kishi sifatida qolishi mumkin

Angliyalik sobiq referi Grem Poll Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino tomonidan premer-liga hakamlarining bo‘sh va tajribasiz deya aytilgan fikrga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Mourino hakamlarning qarorlariga bu kabi munosabatda bo‘lishi orqali hech narsaga erisha olmasligi aniq. Referi hech qachon «Chelsi» foydasiga ko‘proq jarima zarbasi yoki penalti belgilamaydi. Hakamlar murabbiy yoki futbolchilar bilan bog‘liq har qanday tarixga qaramasdan o‘yinga har doim xolis munosabatda bo‘lishni mo‘ljallab chiqadi».

«Mourino bu fikri bilan nimaga erishmoqchi bo‘ldi? Agar uning fikrlari Angliya futbol Assotsiatsiyasga qaratilgan bo‘lsa, u bu borada yutqazdi. Agar u Vengerga bo‘lgan nafratini shu yo‘l bilan izhor qilmoqchi bo‘lgan bo‘lsa, bundayam muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bunday vaziyatlarda Mourino kabi odamlar foydasiz kampaniyalarni olg‘a surmoqchi bo‘lishadi».

«Mourinoga o‘zining buyruqlariga moyillik bildiradigan, jamoani do‘st sifatida qabul qiladigan hakamlarni yaxshi ko‘radi. 2006 yilda «Chelsi» «Liverpul»ga Angliya kubogi yarimfinalida imkoniyatni boy bergach, Mourino meni bundan buyog‘iga do‘stlari qatoriga qo‘shmasligini aytib ketgandi».

«Ammo hakamlar hech qachon biror jamoa foydasiga, yoki uning zarariga ataylab qaror chiqarmaydi. Yaxshiyamki, Mourino uchun uning bolalarcha harakatlaridan yuqori turuvchi xarakterga ega kuchli va tajribali hakamlar yetarlicha».

«Har qanday vaziyatda ham Angliya futbol Assotsiatsiyasi Mourinoning gaplarini hisobga olishi va uni shartli ravishda diskvalifikatsiya qiladi. Bu uning obro‘siga ham putur yetkazadi. Shunday muvaffaqiyatlarga erishgan murabbiy xotiralarda g‘olib sifatida emas, janjalkash kishi sifatida qolishi mumkin. Bu esa karikaturabop voqeilik bo‘ladi», – deya ta'kidlab o‘tadi Poll.

Top