14:37 / 22.10.2015
3719

Guardian: Buyuk Xitoy devorida “Yulduzlar jangi”ning 500 hujumchisi saf tortdi

“Yulduzlar jangi” filmining yangi epizodi efirga chiqishi munosabati bilan imperiyaning hujumchilar armiyasi Buyuk Xitoy devorida saf tortdi, deya xabar qildi The Guardian nashri.

500 askar haykalchasidan iborat imperiya armiyasi devordagi minoralardan birining zinalariga joylashtirildi. Bu yerga kelgan muxlislarga qizil va ko‘k qilichlar taqdim etilib, umumiy selfi tushish taklif qilindi.
Qayd etilishicha, “Yulduzlar jangi”ning yettinchi qismi – “Kuchlarning uyg‘onishi” kartinasiga bag‘ishlangan uchinchi treyler dushanba, 19 oktabrda namoyish qilindi.

Film namoyishi esa 2015 yil 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Oldindan sotilgan chiptalar soni bo‘yicha AQSh va Yevropada rekord natija qayd etildi.
“Yulduzlar jangi”ning navbatdagi qismini suratga olish ishlari 2012 yilning 30 oktabr kuni boshlangan bo‘lib, Lucasfilm hamda Walt Disney hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Top