18:05 / 22.10.2015
5437

Ilk "bulutli" smartfonga buyurtmalar qabul qilina boshlandi

Nextbit tomonidan yaratilgan ilk “bulutli” Robin smartfoniga Kickstarter saytida buyurtma qabul qilish boshlandi.

Robin — smartfon xotirasidagi yetarli bo‘lmagan joy muammosini hal qiladigan qurilma hisoblanadi. Uning doimiy xotirasi 32 GB, “bulutli” xotira sig‘imi 10 GBni tashkil etadi. Smartfon qaysi ma'lumotni “bulutli” serverga yuborishni o‘zi hal qiladi. Bunda u foydalanuvchi tomonidan yaqin vaqt ichida ishlatilmagan ma'lumotlarni “bulutli” serverda saqlaydi.

Smartfon Android operatsion tizimida ishlaydi. Unga 2680 mA/soat hajmdagi akkumulyator o‘rnatilgan. Smartfonning Gorilla Glass 4 texnologiyasi bo‘yicha yaratligan ekrani diagonali 5,2 dyuymni tashkil etadi.

Robin’ning buyurtma narxi 399 dollar. Ilk buyurtmalar 2016 yilning fevralidan yetkazib berila boshlaydi. 

Top