20:10 / 22.10.2015
3762

Kalashnikovning qizi otasi “Krasnogorsk mergani” bilan tanish bo‘lmaganini ta'kidladi

Mixail Kalashnikovning qizi o‘z otasi Moskvaning Krasnogorsk tumanida 4 kishini o‘ldirganlikda ayblanayotgan tadbirkor Amiran Georgadze bilan tanish bo‘lgani haqidagi ma'lumotni inkor qildi.

Yelena Kalashnikovaning aytishicha, odamlar oxirgi vaqtlarda Kalashnikov nomidan foydalanishga odatlanishgan.

"Mening otamdan "to‘yboshi general" sifatida foydalanishmoqda. Lekin u hech kimga qurol sovg‘a qilmagan", deydi u.

"Otamning Georgadze familiyali do‘sti bo‘lmagan", deb qo‘shimcha qilgan Yelena.
Biroz avvalroq, “Krasnogorsk mergani” o‘z qurbonlarini Kalashnikov sovg‘a qilgan qurol orqali o‘ldirgani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 9 oktabr kuni Krasnogorsk hokimligi binosida Krasnogorsk tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Yuriy Karaulov va Krasnogorsk elektr tarmog‘i rahbari Georgiy Kotlyarenko o‘ldirib ketilgandi.

Top