21:45 / 22.10.2015
6850

KUN.UZ dayjesti: 22 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 22 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

WD SanDisk’ni 19 milliard dollarga sotib olganligini e'lon qildi>>

Qattiq disklar chiqaruvchi Western Digital (WD) SanDisk kompaniyasini 19 mlrd dollar evaziga sotib olganligini e'lon qildi, deb ma'lum qilmoqda rasmiy press-relizda.

Moskva qurilishlaridan birida ayollarga tajovuz qilish aybi bilan 500 nafarga yaqin muhojir qo‘lga olindi>>

Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari vakili Moskvadagi qurilishlardan birida 500 nafarga yaqin muhojirni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Pentagon: AQSh Asadning Halabga hujumini ma'qullamaydi>>

AQSh Suriya prezidenti Bashar Asad armiyasi mamlakatning iqtisodiy poytaxti Halabga qarshi hujum amalga oshirsa uni ma'qullamaydi.

Yaponiya bosh vaziri Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo davlatlariga safarini boshladi>>

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo davlatlari: Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga (safar shu tartibda amalga oshiriladi) safarga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ekspert: Asadning Moskvaga tashrifi uning o‘ziga ishonchi balandligidan dalolat>>

Suriya prezidenti Bashar Asadning Moskvaga tashrifi va Rossiya yetakchilari bilan uchrashuvi uning o‘ziga ishonchi balandligidan, ya'ni o‘z pozitsiyalarining mustahkamligiga ishonayotganligidan dalolat beradi.

Merkel va Netanyahu Falastin-Isroil inqirozini muhokama qilishdi>>

21 oktabr kuni Germaniyaga tashrif buyurgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu kansler Angela Merkel bilan birgalikda Falastin-Isroil inqirozini muhokama qilishgan. Bu haqda ularning Berlindagi uchrashuvidan keyin NTV telekanalida xabar qilingan.

Rossiya TIV: Oq Uyning Asad tashrifiga munosabatidan taassufdamiz>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suriyalik hamkasbi Bashar Asad bilan muzokaralari siyosiy inqirozni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Oq Uyning bu boradagi shubhalari taassufgagina sabab bo‘lishi mumkin.

2015 yilda Italiya muhojirlarni qabul qilish uchun 1,1 mlrd yevro yo‘naltirdi>>

2015 yilda muhojirlar uchun Italiya byudjyetidan 1,162 mlrd yevro miqdoridagi mablag‘ sarflandi.

Qirg‘iziston byudjyet kamomadini yopish uchun yana Rossiyaning yordamiga murojaat qiladi>>

Qirg‘iziston byudjyet kamomadini yopish uchun yana Rossiyaning yordamiga murojaat qiladi. Bu haqda moliya vazirining o‘rinbosari Almaz Baketayev matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Time: Pokiston 2015 yilda eng ko‘p yadro quroliga ega beshinchi davlatga aylanadi>>

Oradan 10 yil o‘tganidan so‘ng Pokiston eng ko‘p yadro quroliga ega bo‘lgan beshinchi davlatga aylanadi, deya xabar qildi Time jurnali Amerikadagi mustaqil tadqiqot tashkiloti ma'lumotlariga asoslangan holda.

«'»: BMT insonparvarlik yordami yuklari ortilgan mashinalar Donbass hududiga kira olmayapti>>

Donbass uchun insonparvarlik yuklari ortilgan eng kamida 800ta avtomobil Donetsk va Luganstsk viloyatlari hududiga kira olmayapti, deya xabar qildi «Kommersant'».

Obama 612 mlrd dollarlik mudofaa byudjyetiga veto qo‘yadi>>

AQSh prezidenti Barak Obama mudofaa siyosati sohasidagi qonun loyihasiga veto qo‘yishni mo‘ljallamoqda. Stars and Stripes gazetasida yozilishicha, bu loyiha qiymati 612 mlrd dollarga teng bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

“Krasnogorsk mergani” o‘z qurbonlarini Kalashnikov sovg‘a qilgan qurol orqali o‘ldirgan>>

Moskva viloyatidan bo‘lgan tadbirkor Amiran Georgadzening haydovchisi Shota Elizbarashvili sud majlisida o‘zining boshlig‘iga shaxsan Kalashnikov tomonidan sovg‘a qilingan «Sayga» avtomatini eltib berganini ta'kidlab o‘tdi. 

Qozog‘istonda terroristlar koinotdan kuzatiladi>>

Ekstremist va terroristlarni qidirish, shuningdek, narkotik o‘simliklar yetishtirilishi mumkin bo‘lgan hududlarni monitoring qilish uchun Qozog‘iston sun'iy yo‘ldoshlaridan foydalanilishi mumkin.

Qilich bilan qurollangan shaxs Shvetsiyada maktabga bostirib kirdi>>

Shvetsiya g‘arbidagi Trollxettan shahrida qilichli erkak maktabga bostirib kirdi. Uning hujumidan besh kishi, jumladan, ikki o‘quvchi jarohat oldi. Jarohatlarning biri tez orada hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar bermoqda Reuters hukumat ma'lumotiga asoslangan holda.

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini “o‘ta xavfli” deb atadi>>

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr o‘zining AQShlik, rossiyalik va turkiyalik hamkasblari bilan uchrashuvi oldidan Rossiyaning Suriyadagi harakatlari Bashar Asadning ketishi bilan tugashi mumkin bo‘lgan urushni uzaytirmoqda, deb aytdi.

Putin: AQSh Rossiya va butun dunyoni Erondagi yadro muammosi bilan chalg‘itib, aldadi>>

Rossiya prezident Vladimir Putinning aytishicha, AQSh Rossiya va butun dunyoni Erondagi yadro muammosi haqidagi mubolag‘ali gaplari bilan aldadi.

Hindistonning Bajaj Qute modeli Rossiyada Ravon Matiz’ning o‘rnini egallay olmaydi>>

“Dunyodagi eng arzon avtomobil” maqomiga da'vogarlik qilayotgan Hindistonning Bajaj Qute modeli Rossiya bozorida Ravon Matiz’ning o‘rnini egallay olmaydi.

Chevrolet kompaniyasi modellari eng ishonchsiz avtomobillar ro‘yxatida qayd etildi>>

Consumer Reports nashri avtomobillarning ishonchliligi bo‘yicha navbatdagi an'anaviy reytingini e'lon qildi. Reyting quyidagi sahifada e'lon qilingan.

Nexia va Gentra Qozog‘istonda eng xaridorgir mashinalar o‘ntaligiga kirdi>>

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Nexia va Gentra avtomobillari Qozog‘istonda eng xaridorgir mashinalar o‘ntaligiga kirdi.

Top