16:46 / 22.10.2015
7224

OAV erta turmush qurishning ziyonini aytdi

O‘zbekiston matbuotida ko‘tariladigan oilaviy masalalar muhokamasida bu hafta qizlarni yosh turmushga uzatish, umuman, voyaga yetmaganlarning oila qurishi hamda bunday holatlarning oqibatlari mavzusiga to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, “Oila davrasida” gazetasidan o‘rin olgan materialda ayrim davlatlarda 9-10 yashar qizlarni uzatib yurish holatlari kuzatilishi ta'kidlandi. Bu bolalarning ruhiy holatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda insonning organizmdagi fiziologik jarayonlarni ham salbiy oqimga burib yuborishi ta'kidlandi.

“O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi yigit-qizlarga, avvalo, o‘rta-maxsus ta'limni tugatdan so‘ng, ilm olib, biron kasb-hunarning boshini tutgandan keyin turmush qurishni tavsiya etadi. Shunday qilinsa, oila qurayotganlarning har tomonlama yetukligiga bir qadar erishish mumkin”, - deb ta'kidlaydi jurnalist.

Top