06:46 / 22.10.2015
4074

O‘zbekistonda turfirmalar va mehmonxonalarni bog‘lovchi onlayn-xizmat ishga tushirildi

O‘zbekistonda internetda turoperatorlar va mehmonxonalar o‘rtasida ma'lumot almashish uchun mo‘ljallangan Hotelios xizmati ishga tushirildi. Bu xizmat MDHda yagona bo‘lib, analoglariga ega emas, deb xabar bermoqda “O‘zbekturizm” matbuot xizmati.

Hotelios ma'lumotlar bazasi yordamida sayyohlik firmalari xodimlari mehmonxonalarda bo‘sh xonalar borligi va xonalarning narxi haqida ma'lumot olishlari mumkin bo‘ladi. Bu loyiha Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ipak yo‘lidagi turizm-2015” xalqaro sayyohlik yarmarkasida namoyish qilindi.  

Internetda yagona platformada 100 dan ko‘proq mehmonxona va o‘nlab turoperatorlar mavjud. Bu xizmat mehmonxonalarda xonalarni bronlash va buyurtma berish jarayonini ancha osonlashtiradi hamda tezroklik bilan ma'lumotlar almashishga imkon beradi.

Xizmatda sayyohlik kompaniyalariga aeroportda VIP-zal va Green Hall’da uchrashuvlarni bronlash imkoniyati taqdim qilingan. O‘zbekistonda birinchi marta bunday xizmat yordamida xorijiy sayyohlar uchun elektron sug‘urta polislarini yozib berish imkoni paydo bo‘ldi. 

Sputnik nashri ma'lumotlariga ko‘ra, tizim sayyohlik va mehmonxona biznesida faoliyat yurituvchi yirik mutaxassislarning ko‘magi ostida mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqildi.   

Top