09:23 / 22.10.2015
2624

O‘zbekistonning agrar sektorida 31.8 trln so‘mlik mahsulot yetishtirildi

2015 yilning boshidan beri 9 oy mobaynida O‘zbekistonda 31.8 trln so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Ta'kidlanishicha, bu o‘tgan yilning uch choragidagi ko‘rsatkichga nisbatan 6.6 foizga ko‘proqdir. 2015 yil uchun agrar sohada kutilayotgan o‘sish, rasmiy ma'lumotlar bo‘yicha, 6 foizni tashkil qiladi.

Top