01:33 / 22.10.2015
6819

Sochi hayvonot bog‘ida yo‘lbars bolalarini ona it boqmoqda

Sochi hayvonot bog‘ida ona it uch yo‘lbars bolasini to‘ydirmoqda. Yo‘lbarsvachchalar 18 oktabr kuni dunyoga kelishdi. Ularga Izi laqabli it onalik qilmoqda.

Izining to‘rtta bolasi bor, ammo u yo‘lbarsvachchalarni begona qilmayapti.

RIA «Novosti» ning ma'lum qilishicha, yo‘lbarslarning onasi o‘z bolalarini boqishni istamagan, shu bois hayvonot bog‘i mutasaddilari ularni boqadigan biror-bir hayvon izlashlariga to‘g‘ri kelgan. Ularning baxtiga yarim ovcharka Izi chiqib qolgan va hozirda it yo‘lbarsvachchalarga o‘z bolasidek munosabatda bo‘lmoqda.

Top