17:27 / 22.10.2015
3398

To‘raqo‘rg‘onda o‘zaro muloqotda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi

Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan “Namangan yoshlar markazi”ga taqdim etilgan “Keksalar o‘giti – yoshlar tarbiyasining mustahkam asosidir” mavzusidagi grant loyihasi doirasida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

To‘raqo‘rg‘on iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida joriy yil 21 oktabr kuni “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yoshlarga soha mutaxassislari tomonidan asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan e'zozlanib, yuksaklarga ko‘tarib kelinayotgan ona tilimizning jamiyat taraqqiyoti hamda yoshlar tarbiyasidagi tutgan o‘rni hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Jumladan, Saidakbar Mutalov bugungi kunda ona tilimizda uchrayotgan muammolar, o‘zaro muloqot jarayonlarida tildan foydalanishda yoshlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklarni qiziqarli tarzda tahlil qilib berdi.
Tadbir interfaol usullar orqali o‘zaro savol-javob hamda bahs-munozaralarga boy tarzda tashkil etildi. Yakunda faol ishtirokchilar markazning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hojiakbar PATTAYeV, “Namangan yoshlar markazi” qoshidagi “Intellektual yoshlar” klubi bosh koordinatori, kun.uz mobil muxbiri tayyorladi.

Top