17:56 / 22.10.2015
3761

Toshkentda usta o‘zi ta'mirlayotgan uydan 3.5 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlab ketdi

Toshkentda usta o‘zi ta'mirlayotgan uydan 3.5 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi Ibodat ismli ayol tanishlaridan biridan uyini ta'mirlatish uchun usta topib berishni so‘ragan. Usta topilgan ham.

Ayol uyni ustaga topshirib ishga ketgan. Bundan foydalanib qolgan erkak 3 mln so‘mlik Samsung kir yuvish mashinasi va 500 ming so‘mlik uzukni o‘g‘irlab qochib ketgan.

Tegishli idoraga topshirilgan ariza asosida jinoyatchi tez orada topib, jazoga tortildi. Qimmatliklar egasiga topshirildi.

Top