01:01 / 22.10.2015
3636

WikiLeaks Markaziy razvedka boshqarmasi rahbarining elektron maktublarini chop etmoqchi ekanligini ma'lum qildi

WikiLeaks portali yaqin orada Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Brennonning elektron maktublarini chop etmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda WikiLeaks’ning rasmiy tvitterida ma'lum qilindi.

“Biz MRB rahbari Jon Brennonning elektron maktublarining mazmunini qo‘lga kiritdik va u yaqinda chop etiladi”, deyilmoqda xabarda.

Avvalroq Federal qidiruvlar byurosi va kontrrazvedka o‘smir xaker MRX rahbarining pochtasiga buzib kira olgani haqidagi xabarni tekshirayotgani ma'lum qilingandi.

MRX rahbarining pochtasiga go‘yoki kira olgan noma'lum xakerning aytishicha, u buni “kayf ostida” qilgan.

Top