16:43 / 23.10.2015
2863

Atirau shahrida bo‘lib o‘tgan ilmiy amaliy anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili ishtirok etdi

21 oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot kotibi J. Nuriddinov Qozog‘istonning Atirau shahrida “Islom madaniyati: hozirgi zamon tahdidlari va ularga qarshi kurash yo‘llari va uslublari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.

Anjuman Kerey va Jonibek xonlari Qozoq xonligiga asos solganlarining 550 yilligi, Qozog‘iston Konstitutsiyasining va Qozog‘iston xalqlarining Assambleyasi tuzilganining 20 yilligini nishonlash yuzasidan tashkil etildi.

Konferentsiyaning yalpi majlisi Atirau oblast hokimiyati majlislar zalida 21 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda Misr, Livan, Turkiya, Rossiya, O‘zbekiston va, Qirg‘izistondan taniqli olimlar va tajribali ekspertlar qatnashishdi. Mazkur mamlakatlardan din sohasidagi davlat idoralari, ilmiy tadqiqot muassasalari rahbarlari, ko‘zga ko‘ringanlar, dinshunoslik va sotsiologiya sohalari mutaxassislari ishtirok etdilar. 

Yalpi majlisda J. Nuriddinov “Yoshlar tarbiyasi – tinchlik va barqarorlik omili” mavzusidagi so‘zi bilan chiqdi. Uning nutqi katta qiziqish bilan qabul qilindi. Notiq so‘zining yakunida O‘zbekiston musulmonlari idorasidan olib kelgan “Smuta IGIL” nomli kitobdan va “Internetga in qurgan “o‘rgimchaklar” kitobidan anjuman prezidiumiga taqdim etdi. Prezidiumda Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vitse-ministri Azilxanov M. A. va Qozog‘iston musulmonlari idorasi muftiy noibi Utpenov Naurizbay Taganuli kitoblarni qabul qilib oldilar.

Tushlikdan so‘ng konferensiya o‘z ishini seksiyalarda davom ettirdi. O‘zbekiston vakili “O‘rta Osiyoda islom tarixidagi shaxslar va xususiyatlar” deb nomlangan 2-seksiyasi ishida ishtirok etdi. Unda O‘MI Matbuot kotibi J. Nuriddinov “Tinchlik va osoyishtalik – buyuk ne'mat” mavzusida nutq so‘zladi.

Konferentsiya ishi yaxshi yakunlandi, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishdi.

Manba: muxlis.uz

Top