00:20 / 23.10.2015
3893

Belarus Mudofaa vaziri: Belarusda Rossiya aviabazasini joylashtirishdan hech qanday ma'no yo‘q

Belarus mudofaa vaziri Andrey Ravkov Belarus hududida Rossiya aviabazasini joylashtirishga hojat yo‘qligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Belarusda aviabaza joylashtirishdan qanday ma'no bor? Hozircha hech qanday ma'no yo‘q”, deb aytdi Ravkov Belarus umummilliy televideniyesida.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Belarus rahbarlari Qozog‘istonda o‘zaro manfaatlarni bildiruvchi barcha mavzularni, jumladan aviabaza masalasini muhokama qilishlarini aytgan edi.

Bungacha Aleksandr Lukashenko Belarusda Rossiya aviabazasini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lmaganini aytgan.

Top