19:50 / 23.10.2015
5411

KUN.UZ dayjesti: 23 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 23 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston-Yaponiya: Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 2015 yil 24-26 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar qildi.

2015 yilda O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 62.2 trln so‘mdan ortib ketdi>>

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yilning 9 oyi mobaynida 6.2 trln so‘mdan oshib ketdi. Bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlaridan 7.3 foizga ko‘proqdir.

O‘zbekiston uran xomashyo bazasini oshiradi>>

O‘zbekiston yaqin 5-7 yil ichida uranning mineral-xomashyo bazasini bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hisobiga anchagina oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Davlat geologiya qo‘mitasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri xabar bermoqda.

Chexiyaning Aero Trade kompaniyasi Farg‘ona aeroporti navigatsiya tizimini modernizatsiya qilmoqchi>>

Chexiyaning Aero Trade kompaniyasi Farg‘ona aeroportini modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda kompaniya texnik direktori Miroslav Krchga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri.  

Polshaning KH-KIPPER kompaniyasi «O‘zavtotreyler» korxonasi bilan hamkorlik qiladi>>

21 oktabr kuni Polshaning o‘zi ag‘daruvchi yuk avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «KH-KIPPER» kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Toshkent metrosida betmobilga o‘xshash poyezd paydo bo‘ladi>>

Toshkent metropoliteni poytaxt aholisi va mehmonlariga Yangi yil arafasida o‘ziga xos sovg‘a tayyorlamoqda – yo‘lovchilar uchun o‘ziga xos dizaynga ega tarkib ishga tushiriladi.

Bu yil Samarqand shahri issiqlik quvvati bilan ta'minlanadimi?>>

Samarqand shahridagi qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ilgariroq shaharning ko‘pchilik mahallalarida gaz o‘chirilgani mahalliy jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayevga tayanilgan holda bayon etilgan edi.

Toshkentda yana benzin inqiroz boshlandimi?>>

2015 yil hisobidan necha martadirki, Toshkentdagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida yana benzin tanqisligi vujudga kelmoqda. Haydovchilar yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi uzun navbatlarga ko‘nikib ulgurdi.

O‘zbekistonda faoliyat olib borgan «inson huquqlari himoyachisi» soxta hisobot tayyorlagan>>

Rossiyalik jurnalist Maksim Pereverzev Inson huquqlari tashkilotlaridan birining O‘zbekistondagi agentining faoliyati yuzasidan kichik tekshiruv olib bordi. Uning tekshiruvlari natijasi «Webantenne.com» saytida chop etildi.

O‘zbek olimlari g‘ildirakli transport vositasining harakat trayektoriyasi parametrlarini aniqlash uchun qurilma yasashdi>>

O‘zbek olimlari yana bir ixtiroga qo‘l urishdi. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti olimlari yaratgan ushbu model mashinasozlik va traktorsozlik sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekistonda harakatdagi tarkiblar ishlab chiqarishga 202 mln dollar sarmoya kiritiladi>>

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Toshkent mexanika zavodi (sobiq V.Chkalov nomidagi aviatsion ishlab chiqarish birlashmasi) bazasida harakatdagi tarkiblarni ishlab chiqarishga 202 million dollar sarmoya kiritadi.

O‘zbekistonda biologik aktiv qo‘shimchalar ishlab chiqarish hajmi kengaytiriladi>>

O‘zbekistonda keyingi 2 yil ichida biologik aktiv qo‘shimchalar (BAD) ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish hamda mahalliy xomashyo asosida shunday mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etish rejalashtirildi.

O‘zbekistonlik dizayner Sharqiy Yevropadagi yirik moda haftaligida ishtirok etmoqda>>

23 oktabr kuni o‘zbekistonlik dizayner Zulfiya Sulton Sharqiy Yevropadagi yirik – Mercedes Benz Fashion Week Russia moda haftaligi doirasida o‘z kolleksiyasini namoyish etadi.


Top