14:57 / 23.10.2015
3443

Noma'lum shaxslar "Arsenal" jamoasi darvozaboni uyini tunab ketishdi

"Arsenal" jamoasining kolumbiyalik darvozaboni David Ospinaning Londondagi uyiga noma'lum shaxslar o‘g‘rilikka tushishdi. Bu haqda London Evening Standard nashri xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, bu vaqtda futbolchining rafiqasi va bolalari uyda uxlayotgandi.

O‘g‘rilar uydan Mercedes AGM avtomobili kalitini olib ketishgan.

Futbolchi esa bu vaqtda Angliyada emasdi. U terma jamoasi safida Peru terma jamoasiga qarshi JCh saralashidagi 3-tur o‘yinida qatnashish uchun Janubiy Amerikaga jo‘nab ketgan.

Qayd etilishicha, o‘g‘rilar avtomobildan boshqa narsa olib ketishmagan.
Biroz o‘tib, avtomobil ham topilgan.

Top