09:40 / 23.10.2015
3798

Obama 2016 yildagi AQSh mudofaa byudjyetiga veto qo‘ydi

AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatning 2016 yildagi mudofaa byudjyetiga rasman veto qo‘ydi, deya xabar bermoqda Reuters
“Men uni ortga, Kongressga qaytarmoqchiman va mening ularga murojaatim oddiy: “Keling, buni to‘g‘ri bajaraylik”, - dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh byudjyeti iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri moliyalashtirilishi lozim.
Mazkur qonun loyihasida, jumladan, Ukrainaga harbiy va razvedka sohasida 300 million dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish ham nazarda tutilgan edi.
Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama 612 milliard dollar sarflanishini ko‘zda tutgan mudofaa siyosati bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasiga veto qo‘yishi haqida xabar qilingan edi.

Top