19:37 / 23.10.2015
3887

Odessa bojxonasining yangi rahbari 2014 yilda hech qanday maosh olmaganini ma'lum qildi

Ukrainaning Odessa viloyati bojxonasining yangi rahbari Yuliya Marushevskaya 2014 yil uchun 32 ming 847 griven daromad olganini deklaratsiya qildi. Bu deklaratsiya Odessa viloyati ma'muriyati saytida chop etilgan bo‘lib, Marushevskaya yaqingacha bu yerda rahbar Mixail Saakashvilining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Marushevskaya daromad manbaini aytmagan, biroq “maosh” bandiga “yo‘q” ma'nosini anglatuvchi “chiziq” qo‘ygan.

Marushevskayaning turmush o‘rtog‘i Markiyan Protsiv esa o‘tgan yili 587 ming 95 griven daromad topgan, undan 33 ming 160 grivenni maoshi, qolgani esa tadbikorlik faoliyatidan olingan daromad tashkil qilgan.

Deklaratsiyada Marushevskayaning ko‘rsatishicha, uning na kvartirasi va na yer maydoni, na avtomobili bor. Uning turmush o‘rtog‘i 76,1 kvadrat metrlik kvartiraga hamda 2008 yilgi Opel Astra va 2013 yilgi Mazda 6 avtomobillariga ega.

16 oktabrda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Odessa viloyati bojxonasi rahbarining tayinlanishi masalasiga aralashishga qaror qilib, 19 oktabrdan unga 26 yoshli Yuliya Marushevskaya rahbarlik qilishini e'lon qildi.

Top