19:22 / 23.10.2015
3123

Pekinda ShHT MKKning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 20-23 oktabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Yig‘ilishda O‘zbekistonning ShHTda 2015-2016-yillarda raisligi doirasidagi asosiy tadbirlarni o‘tkazish jadvali, joriy yilning dekabr oyida XXRda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) Kengashiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni va umumiy kun tartibining boshqa dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Pekin shahriga tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chen Gopin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va ShHT doirasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Top