06:51 / 23.10.2015
8976

Putin: agar mushtlashuvdan qochishning iloji bo‘lmasa, unda birinchi hujum qilish kerak

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikaliklar tomonidan Suriyaga aviatsiyaga qarshi kurashish majmualarining berilishi mumkinligini xato deb atadi.

“O‘ylaymanki, bu yuz bermaydi. Bu majmualar amerikalik uchuvchilar ham xavf tug‘diradi, AQSh rahbariyati axir ongli odamlar”, deb aytdi “Rossiya rahbariyati rossiyalik uchuvchilar uchun xavfga qanday javob beradi?” degan savolga Putin.

Putinning aytishicha, Suriyadagi harbiylar ham Suriya, ham Rossiya manfaatlarini himoya qilmoqda.

“Ular o‘z hayoti va salomatligini xatarga qo‘ymoqda. Men ular bilan faxrlanaman. Ularning barchasi haqiqiy qahramonlar. 50 yil avval Leningrad ko‘chalari meni bir qoidaga o‘rgatgan: agar mushtlashuvdan qochishning iloji bo‘lmasa, unda birinchi hujum qilish kerak. Terrorchilar Rossiyaga umuman nafrat bilan qaraydi”, deb aytdi Putin.

Putin Volgogradda yuz bergan teraktlarni misol qilib o‘tdi.

“Ular bizga qarshi kurashadi. Unda biz ular bilan o‘z hududimizda kurashgandan ko‘ra, u yerda kurashganimiz afzalroq”, deb ta'kidlab o‘tdi Putin.

Top