14:41 / 23.10.2015
3163

Qozog‘istonda davlat ishida “og‘achilik”ka qarshi kurash boshlandi

Qozog‘iston Senati qabul qilgan maxsus qonunga davlat ishida tanish-bilishchilik va qarindosh-urug‘chilik yo‘li bilan karera qilishni istaydiganlarga qarshi kurashishni ko‘zda tutadigan punktlar kiritildi. Qonun ijodkorlarining fikricha, xalq xizmatida faqat odil va halol professional mutaxassislar bo‘lishi lozim.

Bu talabga javob bermaydiganlar esa qattiq tanlov asosida saralanib, puchakka chiqarib yuboriladi, deb xabar beradi KTK telekanali.
Aksilkorrupsiya qo‘mitasi boshlig‘i Qayrat Qo‘jambarov moliyaviy politsiya o‘rniga tashkil etilgan idoraning ish samaradorligini oshirish maqsadida mana shunday qonun loyihasini ilgari surdi.

Mamlakat parlamenti ushbu hujjatni ma'qulladi.
Aytilishicha, endilikda mana shu normativ asosida korrupsiyaga va tanish-bilishchilik, “og‘achilik”ka qarshi kurash olib boriladi.

Top