17:24 / 23.10.2015
4206

Toshkentda “tungi mehmonlar” bir uydan 2 mln so‘mlik mahsulotlarni olib chiqib ketdi

Toshkentda “tungi mehmonlar” bir uydan 2 mln so‘mlik mahsulotlarni olib chiqib ketdi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Shayxontohur tumanida joylashgan xonadonlardan birida egalari yo‘qligidan foydalangan jinoyatchilar u yerga kirib, 1.5 mln so‘mlik atir-upa, 300 ming so‘mlik qo‘l soati, 250 ming so‘mlik bosh turdagi mahsulotlarni olib chiqib ketishgan.

Ammo qo‘shni xonadonni payqagan qo‘shnilar militsiyaga murojaat qilishgan. Natijada o‘g‘rilar shu kechaning o‘zidayoq qo‘lga olingan.

Top