10:40 / 23.10.2015
3343

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Qozog‘iston YaIMining 2015 va 2016 yillarga prognozini yomonlashtirdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Qozog‘iston yalpi ichki mahsuloti o‘sishining 2015 va 2016 yillarga prognozini mos ravishda 1,5 va 2,4 foizgacha kamaytirdi, deb aytilmoqda jamg‘armaning mintaqa iqtisodiyoti istiqbollariga bag‘ishlangan sharhida.

XVJ avgustda Qozog‘istonning iqtisodiyoti 2015 yilda 2 foizga, 2016 yilda  3,25 foizga oshishini prognoz qilgan edi. 2014 yida mamlakat iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sgan edi. 

“Neftga narxlarning keskin pasayishi Kavkaz va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi neft eksport qiluvchi davlatlarning daromadlari istiqbollariga ancha ta'sir qildi”, deyilmoqda xabarda.

Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida neftning arzonlashishi Ozarboyjon va Qozog‘istonga ko‘proq salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. “O‘zbekiston va Turkmaniston tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalarga egaligi tufayli bu borada kamroq muammolarga duch keladi”, demoqdalar XVJ tahlilchilari.

 

Top