16:11 / 23.10.2015
3177

XXR raisi Britaniyaga tashrifi doirasida “Manchester Siti” jamoasi bazasiga tashrif buyurdi

Xitoy xalq Respublikasi prezidenti Si Tszinping bugun Angliyaning «Manchester Siti» klubi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda «shaharliklar» rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

XXR prezidentiga tashrif davomida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron hamrohlik qildi. Martabali mehmonlar klub prezidenti Xaldun al-Muborak boshchiligida klubning 80 gektardan iborat hududida joylashgan futbol akademiyasi, klub bosh qarorgohi, muzeylarni ko‘zdan kechirishdi.

Tashrif davomida prezdent «Siti»ning bugungi kundagi asosiy hujumchisi bo‘lgan Serxio Aguero bilan ham uchrashdi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» klubida o‘z davrida to‘p surgan xitoylik Sun Ji Xay hozirda jamoaning Xitoydagi rasmiy vakili sifatida ish olib boradi. Mazkur tashrifn amalga oshirishda aynan Sun Ji Xay asosiy rolni bajargan.

Bundan avvalroq, XXR raisi Britaniyaga tashrifi chog‘ida “Manchester Siti” jamoasi bazasiga tashrif buyurishi haqida xabar qilingandi.

Xitoy rahbarini Manchester shahriga olib borishdan oldinroq, Devid Kemeron u bilan pivoxo‘rlik qilgandi.

Top