22:00 / 24.10.2015
2568

“Bavariya” klubi Germaniya bundesligasida 1000 ta g‘alabaga erishgan birinchi klub bo‘ldi

24 oktabrda Germaniya bundesligasining 10-turida Myunxenning “Bavariya” klubi “Kyoln” bilan uchrashdi va raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Bavariya” shu g‘alabasi evaziga bundesliga tarixida 1000 ta g‘alabaga erishgan birinchi klub bo‘ldi.

Ushbu g‘alaba, shuningdek, Germaniya chempionati boshlangandan beri myunxenliklarning ketma-ket 10-g‘alabasi bo‘ldi va klub joriy chempionatda hali biror marta maydonni g‘alabasiz tark etmagani bildiradi.

Top