09:59 / 24.10.2015
4104

“Patrisiya” to‘foni tezligi 300 km/soatga yaqinlashmoqda

Meksika sohillariga yetib kelgan “Patrisiya” to‘foni shamolining maksimal tezligi turli ma'lumotlarga ko‘ra, 270-297 km/soatga yetgan.

AQSh to‘fonlar milliy markazi o‘z saytida shamol tezligi 270 km/soatni tashkil qilayotganini, AQSh ob-havo milliy xizmati esa o‘lchash natijalariga tayanib, shamol tezligi 285 km/soatga yetganini ma'lum qilmoqda.

To‘fonning koinotdan olingan suratlarini hozirda Xalqaro koinot stansiyasida faoliyat yuritayotgan AQShlik fazogir Skott Kelli o‘zining instagramida joylashtirdi.

Avvalroq bir necha yillardan beri birinchi marta kuzatilayotgan eng yuqori xavflik toifasidagi “Patrisiya” to‘foni Meksika janubi-g‘arbiy sohili yaqinidagi Puerto-Valyarta kurort tumaniga erishgani ma'lum qilingandi.

Top