13:28 / 24.10.2015
4625

2015 yil so‘nggi 136 yil ichidagi eng issiq yil deb topildi

2015 yilning yanvar-sentabr oylari oralig‘ida okean usti hamda quruqlikdagi o‘rtacha havo harorati 136 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Butunjahon meteorologiya tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, havo harorati avvalgi ko‘rsatkichlardan 0,85 daraja yuqori bo‘lgan. Bu 1880-2015 yillardagi yanvar-sentabr oylarida eng yuqori harorat.

Shuningdek, joriy yilning sentabr oyi ham oxirgi 136 yil ichidagi eng yuqori darajadagi issiqlik ko‘rsatkichini qayd etdi.

“Rekord darajadagi issiqlik Janubiy Amerikaning asosiy qismida, Afrikaning bir nechta hududlarida, Yaqin Sharqda, Yevropa hamda Osiyoda qayd etildi”, – deb xabar bermoqda meteorologiya tashkilot.

Top