17:11 / 24.10.2015
5736

Assanj: Google Hillari Klintonning sirli quroli

WikiLeaks sayti Julian Assanjning qayd etishicha, Google sirli ravishda AQSh prezidentligi uchun Demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini qo‘ygan Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bu haqda De Morgen nashri xabar tarqatdi.

Assanjning so‘zlariga ko‘ra, Google kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Erik Shmidt Klinton kampaniyasini texnik tomondan qo‘llab-quvvatlab turibdi.

«Erik Shmidt Barak Obama va Hillari Klinton bilan juda yaqin munosabatda. U sirli ravishda Klintonning prezidentlikka nomzodlik kampaniyasiga yordam berib kelmoqda. Xillarining bu sirli qurolini faqat bir nechtagina odam biladi, xolos», deya ta'kidlab o‘tgan Assanj telefon qo‘ng‘irogi orqali.

Shuningdek, Assanj, Google va Facebook AQSh milliy xavfsizlik xizmatini zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab turishini ham qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Top