00:48 / 24.10.2015
3736

Yevropa Ittifoqida Eronning Suriya bo‘yicha muzokaralardagi ishtiroki qo‘llab-quvvatlandi

Yevropa Ittifoqining xorrijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini Yevropa Ittifoqi Eronning Suriyadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi. 

Mogerini bu haqda Venadagi uchrashuv natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.

“Biz oxirgi ikki kun davomida Eronning yuqori lavozimdagi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdik, suhbat ochiqchasiga o‘tdi va mening fikrimcha, Eron bu jarayonning bir qismi bo‘lishi mumkin”, deb aytdi Mogerini.

Mogerinining aytishicha, YeIning fikri shundan iboratki, muzokaralarga “mintaqa va jahondagi barcha ahamiyatga molik tomonlar” jalb qilinishi kerak.

Top