07:45 / 24.10.2015
3584

JARda poyezdning shoshilinch to‘xtatilishi oqibatida 120 kishi jabrlandi

Janubiy Afrika Respublikasining eng yirik shahri Yoxannesburg yaqinida yo‘lovchi poyezdining shoshilinch to‘xtatilishi oqibatida 120 ga yaqin kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda mahalliy shifokorlarga iqtibos keltirgan holda BNO News nashri.

Mamlakatning shoshilinch xizmatlari tvitterda voqea Yoxannesburgdan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda, 30 km uzoqlikdagi Enerdeyl stansiyasi yaqinida yuz berganini ma'lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar shoshilinch tormoz berilgandan keyin bir-birlarining ustiga ag‘anay boshlaganlar, ba'zilar esa qo‘rquvdan harakatlanayotgan poyezddan sakrashga tushib ketgan.

Voqea joyida shoshilinch xizmat brigadalari ish olib bormoqda, jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

Top