19:21 / 24.10.2015
8831

KUN.UZ dayjesti: 24 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 24 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Turkmaniston prezidenti Yaponiya bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi>>

23 oktabrda Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov va Turkmanistonga birinchi marta rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Peskov Suriyadagi terrorchilik muammosini faqatgina IShIDga taqashni soddalik deb atadi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyadagi terrorchilik muammosini faqatgina IShIDga taqashni soddalik deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Patrisiya” to‘foni tezligi 300 km/soatga yaqinlashmoqda>>

Meksika sohillariga yetib kelgan “Patrisiya” to‘foni shamolining maksimal tezligi turli ma'lumotlarga ko‘ra, 270-297 km/soatga yetgan.

Suriyadagi janglar davomida yana bir eronlik general halok bo‘ldi>>

Suriyada IShIDga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan Islom inqilobi muhofazasi Korpusi (IIMK) generallaridan yana biri Rizo Hovariy jang vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar tarqatgan.

2015 yil so‘nggi 136 yil ichidagi eng issiq yil deb topildi>>

2015 yilning yanvar-sentabr oylari oralig‘ida okean usti hamda quruqlikdagi o‘rtacha havo harorati 136 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Kreml: AQSh va uning ittifoqchilari Asad o‘rniga terrorchilikka aloqasi bo‘lmagan birorta nomzod topa olmadi>>

AQSh va uning ittifoqchilari Suriya prezidenti Bashar Asad o‘rniga unga qarshi kurashayotgan kuchlar orasidan terrorchilikka aloqasi bo‘lmagan birorta nomzod topa olmadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov britan telekanallaridan birida bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ekstremistik ruhdagi izohlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan qozog‘istonliklarga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin>>

Har qanday ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchi qozog‘istonlikka bir yarim oylik qamoqjazosi tayinlanishi mumkin, qachonki uning sahifasiga boshqa birov tomonidan ekstremistik ruhda izoh yozib qoldirilsa. Bu xabar mamlakatda internetdan foydalanuvchilarning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda 31 kanal.

Fabio Kapello faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin>>

Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello o‘z murabbiylik faoliyatini MLSda davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Bosh Assambleya BMT tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan deklaratsiya qabul qildi>>

BMT Bosh Assambleyasi xalqaro tashkilot Ustavi kuchga kirganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan deklaratsiya qabul qildi.

Assanj: Google Hillari Klintonning sirli quroli>>

WikiLeaks sayti Julian Assanjning qayd etishicha, Google sirli ravishda AQSh prezidentligi uchun Demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini qo‘ygan Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 

Shindzo Abe Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi>>

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe 24 sentabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab safari doirasida Tojikistonga yetib keldi.

Brent turidagi neft narxi 48 dollardan oshdi>>

23 oktabr kungi savdolarga ko‘ra neft narxida ko‘tarilish kuzatildi. Bunda Yevropa Markaziy bankining qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, kuchli dollar hamda bozordagi neftning ko‘pligi narxlarning past darajada bo‘lishini saqlab turibdi.

Pele: Men hali 1970 yilgi Peledan zo‘rroq futbolchini ko‘rganim yo‘q>>

23 oktabr kuni 75 yoshini nishonlagan Peledan ispaniyalik jurnalistlar intervyu olishdi.

Pokiston janubidagi portlash natijasida 16 kishi halok bo‘ldi>>

Pokiston janubida joylashgan Sind viloyatidagi shialar marosimidagi portlash natijasida 16 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qilmoqda mahalliy OAV ma'lumotiga tayangan holda Reuters.

BMTning 70 yilligi munosabati bilan Yer yuzidagi ko‘plab binolar ko‘k rangda yoritiladi>>

24 oktabr kuni BMTning 70 yilligi munosabati bilan dunyoning 60dan ortiq mamlakatida “Dunyoni BMTning ko‘k rangiga bo‘ya” kampaniyasi bo‘lib o‘tadi.

Obama IShIDga qarshi koalitsiyaning yangi maxsus vakilini tayinladi>>

AQSh prezidenti Barak Obama IShIDga qarshi kurashda AQSh boshchilik qilayotgan koalitsiyaning AQSh prezidenti yangi maxsus vakili etib Brett Makgerkni tayinladi, deb xabar bermoqda Reuters Oq uy ma'lumotiga asoslanib.

AFP: Nigeriyadagi yana bir terakt natijasida 27 kishi halok bo‘ldi, 96 nafar kishi jarohat oldi>>

Nigeriya sharqida joylashgan Yola shahridagi masjidda yuz bergan portlash natijasida 27 kishi halok bo‘ldi, 96 nafar kishi esa jarohatlandi, deb ma'lum qilmoqda AFP.

Yevropa Ittifoqida Eronning Suriya bo‘yicha muzokaralardagi ishtiroki qo‘llab-quvvatlandi>>

Yevropa Ittifoqining xorrijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini Yevropa Ittifoqi Eronning Suriyadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi. 

Ukraina tashqi ishlar vaziri: Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarga hech kim jazm qilmaydi>>

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Ukrainaning “Segodnya” nashriga bergan intervyusida Rossiya bilan urush boshlash ehtimoli haqidagi gaplarga izoh berib o‘tdi.

Nemtsovning o‘limida ayblanayotgan Dadayev Putindan uni Suriyaga jang qilishga yuborishni so‘radi>>

Rossiyalik siyosatchi Boris Nemtsovning qotilligida ayblanayotgan chechenistonlik sobiq harbiy Zaur Dadayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga uni zarurat tug‘ilganda Suriyaga jang qilishga yuborishni so‘rab maktub yo‘lladi.

Moskva-Tehron sayyohlik poyezdi O‘zbekiston hududidan o‘tadi>>

2016 yilda Moskvadan Tehronga sayyohlik poyezdi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Top