17:25 / 24.10.2015
4723

Lavrov: Suriyani saylovlarga tayyorlash kerak

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ishonch bildirishicha, Suriyada parlament uchun va prezidentlik saylovlari o‘tkazilishiga tayyorgarlik olib borilmoqda va mamlakatda an'anaviy siyosiy jarayonlarga amal qilinadi.

"Suriyada Asadga qarshi bo‘lgan "demokratlar" ham bu vaziyatni his qilib turishibdi. Bu esa bizga kelajakda mamlakatdagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal qilish uchun tomonlarni muzokaralar stoliga yig‘ish umidini beradi", deydi Lavrov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Suriyadagi siyosiy nizoga tashqaridan aralashayotgan tomonlar Suriya xalqi nomidan qaror qabul qilishga haqli emaslar.

"Albatta saylovlar o‘tkazishga tayyorlanish kerak. Parlament uchun ham, prezidentlik saylovlarini ham o‘tkazish kerak", deydi vazir.

Bundan tashqari u, qochqinlar muammosi tufayli zarar ko‘rayotgan Yevropa ham Suriyadagi vaziyatning shunday yo‘l bilan hal qilinishidan manfaatdor bo‘lishi haqida aytgan.

Top