19:31 / 24.10.2015
8907

Manba: IShID jangarilari Suriya armiyasini Halabdagi ta'minot bazalaridan uzib qo‘ydi

IShID jangarilari Halabdan janubi-sharq tomondagi yo‘lni bosib olishdi va Suriya armiyasini ta'minotdan uzib qo‘yishdi. Bu haqda Suriyaning inson huquqlari bo‘yicha kengashi ma'lumotlariga tayanib Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Terrorchilar 23 oktabrda Halabning shimoliy qismidan janubi-sharqiy tomon ikkita minalashtirilgan avtomobilni portlatib hujum boshlashdi.

Jangarilarning ta'kidlashicha, ular Halab yaqinidagi yo‘lni bosib olishgan.

Top