12:44 / 24.10.2015
3761

Matbuot maktab o‘quvchilarini fast-fuddan asrashga chaqirdi

“Afrosiyob” gazetasi ota-onalarni yana bir bor maktab o‘quvchilarining qanday ovqat yeyayotgani masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Maqola muallifi ota-onalarni farzandiga pul berayotganda ularga gamburger, xot-dog kabi yeguliklardan saqlanishni eslatib qo‘yishi lozimligini uqtirdi.

Ta'kidlanishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining 2010 yil 18 sentabrda qabul qilingan “Respublika umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining xavfsiz ovqatlanishini tashkil qilishni ta'minlash to‘g‘risida”gi qarori asosida maktab oshxonalarida fast-fud taomlari sotilishi taqiqlangan.

Shunga qaramay, respublikaning barcha hududlaridagi maktablarda bunday turdagi ovqatlar juda keng tarqalmoqda. Shu bois maqola muallifi ota-onalarni ogohlikka chaqirdi.

“Sizning bolangiz maktab oshxonasidan zararli mahsulotlarni sotib olmasligiga ishonch hosil qiling”, - deb ta'kidladi jurnalist.

Top