10:57 / 24.10.2015
4199

O‘zbekistonda 2016 yildan “Ustyurt” gaz-kimyo majmuasi o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston kimyo sanoati rivojlanishda davom etmoqda. O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida yaratilayotgan 4 mlrd dollarlik “Ustyurt” gaz-kimyo majmuasi 2016 yildan o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda. Bu majmuada polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Majmua qurilishi 2012 yilda boshlangan edi.

Qo‘shma korxona O‘zbekiston uchun katta foyda keltirishi aytilmoqda. Korxonada polietilen va polipropilendan tashqari, yiliga 4,5 mlrd kub metr tabiiy gaz qayta ishlanadi. Polietilen va polipropilen xomashyosi yumshoq plastmassadan sanoat va iste'mol mahsulotlari olish va ularni MDH, Yevropa va Shimoliy Afrika davlatlariga eksport qilish imkonini beradi.

O‘zbekistonlik olimlar muntazam ravishda esklyuziv va import mahsulotlar o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqish ustida ish olib bormoqdalar. Bunday mahsulotlar sirasiga suvni tozalovchi tabletkalar va avtomobil yo‘llarining muzlashiga qarshi reagentlarni misol qilib keltirish mumkin.

Top