17:37 / 24.10.2015
13958

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga katta miqdorda valyuta olib o‘tilishi to‘xtatib qolindi

Botkent viloyatida Qirg‘iziston fuqarosi katta miqdordagi valyuta bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegaralarini qo‘riqlash xizmati ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, Qadamjo tumanining Isamayram qishlog‘ida, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga kirib kelgan shaxs 135 ming dollar miqdoridagi mablag‘ bilan qo‘lga olingan.

Tergov chog‘ida u bu pullarni O‘zbekistondagi jo‘natuvchidan boshqa bir Qirg‘iziston fuqarosiga olib borayotganini aytib bergan.

Top