12:52 / 24.10.2015
4633

O‘zbekistonlik bokschi Axror Mirolimov professional ringdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan o‘zbekistonlik Axror Mirolimov (16-2, 13 KO) bugun, 24 oktabr kuni Jarrel Millerga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu jang AQShning Arizona shtati Finiks shahrida tashkil etilgan boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tdi.

"Olamsport.som" xabariga ko‘ra, sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning uchinchi raundida Mirolimov kuchli zarba o‘tkazib yubordi va jang muddatidan avval to‘xtatildi. Mirolimov 108 kg, uning raqibi Miller (15-0-1, 13 KO) esa 127 kg vaznga ega hisoblanadi.

Qayd etlishicha, bu Mirolimov faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. O‘n oltita jangda g‘alaba qozongan hamyurtimiz ketma-ket ikkinchi marotaba ringni boshi egik holda tark etdi.

Bundan avval u chempionlik jangida amerikalik Derrik Rossiga (30-9, 14 KO) ochkolar hisobi bo‘yicha yutqazib qo‘ygan edi. Axrorning nokaut bilan qozongan g‘alabalari soni 13tani tashkil etadi.

Top