14:55 / 24.10.2015
9521

O‘zDJTU talabasi universitet qizlari uchun klub tashkil etdi

23 oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining "Qizlarni qo‘llab-quvvatlash klubi" (Girls development club) o‘zining ilk uchrashuvini tashkil etdi. Bu haqda kun.uz muxbiri xabar berdi.

Tadbir avvalida klubning ichki tuzilishi, maqsadlari va bo‘lajak uchrashuvlar haqida loyiha muallifi - O‘zDJTU ingliz tili uchinchi fakulteti, 3 bosqich talabasi Gavhar Sagdullayeva ma'lumot berib o‘tdi.

Tajribali psixolog-konsultant Mushtariy Yo‘ldashevaning "Baxtli va omadli qizning 5 siri" mavzusidagi treningi universitet talaba-qizlari uchun dastlabki muloqot uchrashuvi vazifasini o‘tadi.

Ta'kidlash kerakki, klubning keyingi uchrashuvlariga yurtimizning: ilm-fan, madaniyat, siyosat, iqtisod kabi turli sohalardagi faoliyati orqali ko‘zga ko‘ringan xotin-qizlarni taklif etish rejalashtirilmoqda.

Manbaning aytishicha, bunday loyiha O‘zbekistonda ilk marta yo‘lga qo‘yildi.

Top