00:26 / 24.10.2015
2339

RBK: S7 aksionerlari “Transaero”ning xususiy kreditorlari bilan kompaniyani saqlab qolishga kelishib oldilar

S7 (“Sibir”) aviakompaniyasi bosh direktori va aksioneri “Transaero”ning xususiy kreditorlari bilan kompaniyani saqlab qolish rejasi bo‘yicha kelishib oldi.

Aviakompaniya hozirda bankrotlik yoqasida turibdi. S7 banklarga “Transaero”ning qarzi evaziga yangi birlashgan kompaniyaning 49 foizini taklif qilmoqda. Bu kompaniyaga S7, “Globus” (S7 ga kiradi) va “Transaero” aviakompaniyalari kiradi. Bu haqda RBK nashri S7 guruhi egalaridan biri Nataliya Filevaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Filevaning aytishicha, kredlitorlar 49 foiz aksiyani “Transaero”ning qarzidagi ulushga mos ravishda bo‘lishib oladilar. S7 aksionerlarining baholashicha, kompaniyalarning bir tashuvchiga birlashishi yiliga qo‘shimcha 5 mlrd rubl sof pul oqimini jalb qilishga imkon beradi.

Filevaning ta'kidlashicha, aviakompaniyani saqlab qolish bo‘yicha ushbu rejaga Novikombank, MFK banki, Absolyut-bank, Moskva sanoat banki, Moskva kredit banki va BFA banki rozilik bergan.

Biroq davlat banklari, ular orasida Sberbank va VTB ham bor, o‘z javoblarini hali berishmagan. Alfa-bankning ham munosabati hozircha noaniq.

26 oktabrda “Transaero”ning litsenziyasini chaqirtirib olish bo‘yicha buyruqning amalga oshirilishi muddati tugaydi.

“Transaero”ni sotib olmoqchi bo‘layotgan S7 aksioneri Vladislav Filev kompaniyaning ruxsatnomasi saqlanib qolinishi muhimligini aytmoqda. Uning aytishicha, ruxsatnoma saqlanib qolgan holda “Transaero” va S7 bitta kompaniyaga birlasha oladi.

Top