14:52 / 24.10.2015
50012

Xonanda Dilso‘z o‘z farzandini dunyoga keltirgan tug‘ruqxona xodimlarini sudga berishi mumkin

Kecha va bugun Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali xonanda Dilso‘zning tug‘ruq jarayoniga oid suratlar tarqatildi.
Bu suratlar kim tomonidan olingani ma'lum emas.

Taxmin qilinishicha, bu suratlar shifoxonaning turg‘uq jarayoniga aralashmagan boshqa xodimi tomonidan tushirilgan bo‘lishi mumkin.

Dilso‘z tegishli idoralarga jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘rab, ariza topshirgan.U bunday pastkashlikka qo‘l urgan xodimni sudga berish niyati haqida bildirgan.
Xonandaning turmush o‘rtog‘i buni aniqlash jarayoni ketayotganini bildirgan. Uning aytishicha, tegishli idora xodimlari 18 oktabr kuni Dilso‘zning farzandi tug‘ilish jarayoni kechgan Toshkentdagi 6-tug‘ruqxonada tekshiruv ishlarini olib borishmoqda.

Qayd etish kerakki, sentabr oyida boshqa bir san'atkor, Xosiyat Husanovaning tug‘ruqxonadagi suratlari uning roziligisiz ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborilgandi.

Top