21:19 / 25.10.2015
2272

“Aeroflot” “Transaero”ning qancha yo‘lovchisini tashiganini ma'lum qildi

“Aeroflot” jamoasi 26 oktabr kuni o‘z faoliyatini yakunlagan “Transaero” aviakompaniyasining 1,925 million nafar (94,8 foiz) yo‘lovchisini tashiganini ma'lum qildi. Bu haqda “Aeroflot” ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

“Aeroflot”dagilarning ma'lum qilishicha, “Transaero” yo‘lovchilari tomonidan 15 dekabrga band qilingan yana 100 ming dona chipta egasi bor.

“Transaero” aviakompaniyasining yo‘lovchilarini tashish endilikda “Aeroflot” zimmasidagi ishdir. Buning uchun “Aeroflot” bor quvvati bilan ishlamoqda”, — deyiladi press-relizda.

Top