10:05 / 25.10.2015
2961

APL 10-turida birinchi kun o‘yinlari: "Lester" g‘alabali yurishini davom ettirdi

24 oktabr kuni Angliya chempionatining 10-turida 6ta uchrashuv o‘tkazildi.

Avvaliga "Chelsi" "Vest Xem"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, ahvolini yanada og‘irlashtirdi.

“Lester” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni mag‘lub etdi. O‘yinning 59-daqiqasida Jyeymi Vardi tomonidan kiritilgan gol, yakunda “tulkilar”ga g‘alabani taqdim etdi. Aytish joizki, angliyalik hujumchi bu orqali joriy mavsumdagi 10-golini nishonladi.

"Lester" ayni vaqtda 19 ochko bilan 5-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda "Lester"ni qabul qiladigan “Vest Bromvich” bu turni safarda o‘tkazib, Salamon Rondonning yagona goli evaziga “Norvich”dan ustun kkelgan bo‘lsa, “Aston Villa” o‘z maydonida “Suonsi”ga yutqazdi.

"Arsenal" esa o‘zi uchun noqulay raqib hisoblanuvchi "Everton"ni tinimsiz yomg‘ir ostida kechgan uchrashuvda 2:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida birinchi kun o‘yinlari natijalariga ko‘ra, birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bugun "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti", "Sanderlend" -"Nyukasl", "Bornmut" - "Tottenxem" va "Liverpul" - "Sautgempton" uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Birinchi kun natijalari bilan quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

Angliya chempionati, 10-tur
Arsenal – Everton 2:1
Gollar: 1:0 – 36 Jiru, 2:0 – 38 Koselni, 2:1 – 44 Barkli.
Arsenal – Chex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, Koklen, Kasorla, O‘zil, Oksleyd-Chemberlen (Flamini, 81), Sanches, Jiru.
Everton – Xovard, Stounz, Gellouey, Koulmen, Djagelka (Funes Mori, 52), Makkarti, Berri, Barkli, Lennon (Miralyas, 70), Deulofeu, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Koklen (25), Berri (67), Jiru (69).
Chetlatish: Berri (90+4).

Vest Xem – Chelsi 2:1
Gollar: 1:0 – 17 Sarate, 1:1 – 56 Keyxill, 2:1 – 79 Kerroll.
Vest Xem – Adrian, Kollinz, Kressuell, Djyenkinson, Tomkins, Lansini (Obiang, 82), Kuyate, Nobl, Payye, Sarate (Kerroll, 69), Sako.
Chelsi – Begovich, Keyxill, Aspilikueta, Zuma, Terri, Matich, Ramires (Falkao, 82), Fabregas (Obi Mikel, 46), Villian, Azar, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Aspilikueta (24), Matich (35), Diyego Kosta (45), Fabregas (45), Kuyate (74), Villian (81).
Chetlatish: Matich (44).

Lester – Kristal Pelas 1:0
Gol: 1:0 – 59 Vardi.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Kante, Drinkuoter, Marez (Dayyer, 79), Olbrayton (Okadzaki, 63), Shlupp, Vardi.
Kristal Pelas – Xennessi, Xangeland, Mariappa (Yedinak, 76), Kelli, Denn, Kabay, Makartur, Panchon (Zaa, 68), Sako, Bolazi, Kempbell (Bemford, 57).
Ogohlantirishlar: Simpson (65), Shlupp (67), Zaa (87), Vardi (90).

Aston Villa – Suonsi 1:2
Gollar: 1:0 – 62 Ayyu, 1:1 – 68 Sigurdsson, 1:2 – 87 Ayyu.
Aston Villa – Gyuzan, Leskott, Richards, Richardson, Bakuna, Grilish (Xil, 74), Guyye, Xatton, Agbonlaxor (Traore, 85), Jyested, Ayyu.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Teylor, Noton, Uilyams, Sigurdsson, Shelvi (Kork, 85), Ayyu, Ki Son Yen, Montero (Barrou, 76), Gomis (Eder, 90).
Ogohlantirishlar: Noton (29), Richards (31), Uilyams (31), Sigurdsson (73), Richardson (77).

Stok Siti – Uotford 0:2
Gollar: 0:1 – 43 Dini, 0:2 – 69 Abdi.
Stok Siti – Batlend, Kemeron (Uilson, 9), Piters, Djonson, Vollshayd, Adam, Uelan, Shakiri (Uolters, 60), Arnautovich, Krkich, Xoselu (Krauch, 61).
Uotford – Gomes, Ketkart, Britos, Nom, Abdi (Bexrami, 78), Ake, Uotson, Kapu, Anya (Paredes, 66), Dini, Igalo (Gediura, 89).
Ogohlantirishlar: Uelan (77), Igalo (89), Piters (89), Adam (90).

Norvich – Vest Bromvich 0:1
Gol: 0:1 – 46 Rondon.
Norvich – Raddi, Bassong, Bennett, Martin, Breydi, Xauson, Tetti, Xulaxan (Djyerom, 78), Redmond, Djarvis, Mbokani.
Vest Bromvich – Mayxill, Evans, Makoli, Douson, Sessenon, Brant, Yakob, Fletcher, Makkleyn, Rondon (Lambert, 74), Beraxino (Gardner, 88).
Ogohlantirishlar: Xauson (22), Brant (72), Makkleyn (78).

Top