08:16 / 25.10.2015
2609

Bog‘dodda sodir etilgan ikkita terakt oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi

Bog‘dodning shialar yashaydigan tumanlarida Muhammad rasulullohning (s.a.v) nabiralari imom Husaynning xotiralarini yod etish vaqtida sodir etilgan ikkita portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi va yana 12 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Politsiyachilar o‘zi bilan portlovchi qurilma olib ketayotgan terrorchini u ko‘p sonli namoyish markaziga yetib borgunicha yo‘q qildilar. Politsiya terrorchiga o‘q uzganida portlovchi modda portlab ketgan va oqibatda 9 kishi jarohat olgan. 

Al-Mahmudiya tumanida o‘rnatib ketilgan portlovchi moddaning portlashi oqibatida yana 3 kishi yaralandi va 2 kishi halok bo‘ldi. Hozircha hech qaysi terrorchilik tashkiloti ushbu teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.

Top