21:42 / 25.10.2015
4847

Isroil IShIDni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritdi

Isroil hukumati IShID, “Jibhad an-Nusra” va “Abdulla A'zam brigadasi” terrorchilik guruhlarini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga qaror qildi. Bu haqda “9 kanal” ma'lum qildi.

Isroil hukumati ushbu terrorchilik guruhlarini ro‘yxatga kiritishda Isroil umumiy xavfsizlik xizmati tavsiyalariga amal qildi.

Isroil hududida ushbu guruhlarning faoliyati mamlakat Mudofaa vazirligining 2014 yil 4 sentabrdagi qarori bilan taqiqlangan, biroq ularning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatida yo‘qligi terrorchilar tarafdorlarini jinoiy javobgarlikka tortishga imkon bermagan edi.

Top