17:26 / 25.10.2015
4771

Londonda selfichilarning jahon chempionati bo‘lib o‘tdi

London markazidagi fotostudiyalardan birida selfi tushish bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatgan.

Ushbu chempionatning mukofot jamg‘armasi 1000 yevroni tashkil qildi. Bundan tashqari g‘oliblarga oltin suvi yuritilgan selfi-tayoqchasi berilgan.

O‘ziga xos bu turnirda "Lablarni cho‘chchaytirish", "Oyna", "Mashhurlar bilan", "Akula og‘zida" kabi toifalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanishgan.

Shuningdek, «Karen Dzanchuk» toifasi (o‘zini mamlakat qirolichasi sifatida tutgan holda selfi qilish) bo‘yicha ham g‘olib aniqlangan.

Ushbu chempionatda Keti Grant faol ishtirok etdi. U instagramda ham mashhur hisoblanadi.

Top