19:48 / 25.10.2015
3280

"Milan"ning "Sassuola"ga qarshi o‘yinida 16 yoshli darvozabon debyut qildi

"Milan" jamoasi bosh murabbiyi Sinishia Mixaylovich A seriyaning 9-turi doirasida "Sassuola"ga qarshi o‘yinning asosiy tarkibiga 16 yoshli darvozabon Janluijji Donnarummani kiritdi.

U o‘zining jamoada qolishi so‘roq ostida turgan bo‘lishiga qaramasdan, yosh iqtidorga muhim o‘yinda imkoniyat berishga qaror qilgan.

La Gazzetta dello Sport nashrida aytilishicha, "Sassuolo"ga qarshi o‘yinda yaxshi natija qayd etilmasa, Mixaylovich iste'foga chiqarilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, "Milan" A seriyaning 8 turidan keyin 10 ochko bilan 13-o‘rinda turibdi.
Jamoaning asosiy darvozaboni, ispaniyalik Diyego Lopes o‘tkazilgan 8ta o‘yinda 14ta gol o‘tkazib yuborgan.

Top