10:35 / 25.10.2015
3108

Mourino «Vest Xem»ga qarshi o‘yindan keyin intervyu berishdan bosh tortdi

Angliya chempionati 10-turida "Vest Xem" va "Chelsi" uchrashuvida "aristokratlar" ustozi Joze Mourino hakam tomonidan maydondan chetlashtirilib, bahsni tribunadan kuzatishga majbur bo‘ldi.

Mazkur bellashuvda "ko‘klar" himoyachisi Nemanya Matich qizil kartochka olib maydonni tark etgan va mehmonlar 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib, mavsumdagi 5-mag‘lubiyatini qabul qildi.

O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Mourino jurnalistlar savollariga javob berishdan bosh tortgan. Bundan tashqari "Chelsi"ning birorta vakili unda ishtirok etmagan.

"Chelsi" ushbu turdan so‘ng 11 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 15-pog‘onasida bormoqda.

Top