19:00 / 25.10.2015
4916

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 7 ta hujjat imzolandi

25 oktabrda, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe tor va kengaytirilgan formatda muzokaralar o‘tkazishdi.

Muzokaralar natijalariga ko‘ra delegatsiyalar rahbarlari qo‘shma bayonot imzolashdi. Bundan tashqari, Toshkent issiqlik markazi TTs-4 da 4 ta gaz-turbinali qurilma qurilishi loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida kredit kelishuvi imzolandi.

Ikki davlat hukumatlari o‘rtasida o‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi yaratish bo‘yicha hamfikrlik memorandumi; Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasini modernizatsiyalash va zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash loyihasi bo‘yicha ayirboshlash notalari imzolandi.

O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirliklari 2015-2017 yillarga hamkorlik dasturlarini qabul qildilar.

“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi va Yaponiyaning neft, gaz va metallar milliy korporatsiyasi istiqbolli investitsion bloklarda uglevodorod xomashyosi geologik-qidiruv ishlarini o‘tkazishning asosiy tamoyillari haqida bitim tuzishdi.

“Asaka bank” tijorat banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik banki aksionerlari o‘rtasida “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqaruvchi majmua qurilishi loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha kredit kelishuvi imzolandi.

Top