16:55 / 25.10.2015
2691

Rossiyaning "Volga" jamoasi muxlislari mingan avtobus YTHga uchrab, 2 kishi halok bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining quyi ligasida ishtirok etuvchi Nijniy Novgorodning "Volga" jamoasi muxlislari ketayotgan avtobus jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

Jamoa muxlislari 2ta avtobusga mingan holda "Shinnik" jamoasiga qarshi FNL doirasidagi navbatdagi tur o‘yinini o‘tkazish uchun yo‘l olishgandi.

"Bugun ertalab soat 06:00da Balaxninsk tumanidagi Lukino qishlog‘ida jamoamiz muxlislari ketayotgan avtobus "Gazel" bilan to‘qnashib ketgan. Natijada ushbu YTH tufayli avtobus haydovchisi Aleksandr Shekir va «Volgi» jamoasi muxlisi Aleksey Stemasov olamdan o‘tgan. Yana bir qancha muxlislar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilishgan.

Marhumlarning yaqinlariga o‘z hamdardligimizni bildiramiz. Boshqa jabrlanuvchilar ham tez orada sog‘ayib ketishlarini tilaymiz", deyiladi "Volga" jamoasi rasmiy saytida.

Top