20:50 / 25.10.2015
4812

Svetlana Aleksiyevich Lukashenkoning tanqidiga javob qaytardi

Adabiyot yo‘nalishida 2015 yilgi Nobel mukofoti sovrindori Svetlana Aleksiyevich «Govorit Moskva» radiosiga bergan intervyusida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan o‘ziga nisbatan aytilgan tanqidiy fikrlarga munosabatini bildirib o‘tdi.

"Lukashenko meni tabriklaganida juda xursand bo‘lgandim. U siyosatchi. Lekin endi bunday teskari gaplar", deydi yozuvchi.

Uning fikricha, o‘shanda Lukashenko mamlakatdagi prezidentlik saylovi arafasi bo‘lgani uchun, xalqaro kuzatuvchilar va saylovchilar oldida o‘zini ko‘rsatish maqsadida yozuvchini tabriklagan.

"Endi esa bu jarayon o‘tib, u o‘zini erkin his qila boshladi", deydi yozuvchi.

U o‘zi hech qachon belarus xalqini tanqid qilmaganini, faqat prezidentning siyosiy qarorlaridan norozi bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.

Biroz oldinroq, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xorijdagi vatandoshlari, shu jumladan Nobel mukofotlari sovrindori Aleksiyevich Belarusdagi hokimiyatni tanqid qilayotganlaridan norozi bo‘layotgani haqida xabar qilingandi.

Top